Terrorchilik tashkilotini moliyalashtirib kelgan O‘zbekiston fuqarosi ushlandi
3-sahifa
−
21 avgust 2023
23724O‘zbekiston fuqarosi Suriyadagi terrorchilik tashkiloti faoliyatini qo‘llab-quvvatlab, moliyalashtirib kelayotgani aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1994 yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan fuqaro G‘.O. Janubiy Koreyaga borib, u yerda terrorchilik tashkilotining yetakchilari bilan aloqa o‘rnatgan. Shundan so‘ng, ularning noqonuniy faoliyatini moliyalashtirishga kirishgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 1553, 2442-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar, chet davlatlarda faoliyat yuritayotganingizda yoki ta’lim olayotganingizda ogoh bo‘ling. Terrorchilik tashkilotlari yollovchilarining ta’siriga tushish hamda ularning faoliyatida qatnashish og‘ir oqibatlarga olib kelishini unutmang! O‘z taqdiringizga befarq bo‘lmang”, deyiladi vazirlik xabarida.
LiveBarchasi