Jizzaxda diniy ekstremistik oqim ta’siriga tushganlar ushlandi (video)
3-sahifa
−
12:06 2112 2 daqiqa
Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida diniy ekstremistik oqimlar hamda xalqaro terrorchilik tashkilotlari targ‘ibotchilarining g‘oyaviy ta’siriga tushgan 18 nafardan iborat guruh aniqlandi. Bu haqda Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Jizzax viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalaridan birida tahsil olayotgan G‘allaorol tumani “Jiydali” mahallasida yashovchi 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro, tumanning “Oqtosh” mahallasida istiqomat qiluvchi, 2002 yilda tug‘ilgan shaxs bilan birgalikda Telegram messenjerida guruh tashkil etgani aniqlangan.
Shuningdek, tumanning “Jiydali”, “G‘o‘bdin”, “Lalmikor”, “Navro‘z”, “Navbahor”, “Xo‘ja Kabud” va “Yashnobod” mahallalarida istiqomat qiluvchi 18 nafarga yaqin shaxs jalb etilgan, virtual jamoat shakllantirilib, ekstremistik g‘oyalar muhokama qilingan hamda turli kontentlar o‘zaro almashilgan.
Mazkur guruhlar orqali ular diniy ekstremistik oqimlar va xalqaro terrorchilik tashkilotlari g‘oyaviy targ‘ibotchilarining qonun bilan taqiqlangan diniy mazmundagi audio va video materiallarni tarqatib kelgan.
Tezkor tadbir natijasida ushbu ikki nafar shaxs protsessual tartibda ushlanib, Jinoyat kodeksining 244-2-moddasi (diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) 1-qismi bilan jinoiyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, 9 nafar shaxs ma’muriy qamoqqa olingan. 7 nafar fuqaro bilan esa profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, ularga qonun talablari va bunday qilmishlarining huquqiy oqibatlari atroflicha tushuntirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida “shahidlik” va “jihod” qilish masalasida suhbatlar tashkil etgan 18 yoshli shaxslar ushlangani haqida xabar berilgandi.
Aliqulov Javohir
Live
Barchasi