Turkiyada ISHIDga aloqadorlikda gumonlanib 26 kishi hibsga olindi
Olam
−
02 yanvar 1608 1 daqiqa
Bugun, 2 yanvar kuni Turkiyaning Yalova viloyatida ISHID terrorchilik guruhi bilan aloqadorlikda gumonlanib 26 kishi hibsga olindi. Bu haqda “A haber” telekanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2025 yil 29 dekabrda sodir bo‘lgan to‘qnashuvdan so‘ng politsiya Yalova va qo‘shni viloyatlarda ISHID bilan aloqador shaxslarni aniqlash bo‘yicha keng qamrovli reydlar o‘tkazgan. Tezkor tekshiruvlar natijasida 42 kishi ushlangan. Ushbu shaxslar sudga olib borilgan va sud 26 kishini hibsga olish to‘g‘risida qaror chiqargan.
Telekanalga ko‘ra, Yalovadagi to‘qnashuvdan so‘ng oxirgi kunlarda mamlakat xavfsizlik kuchlari mamlakatning bir nechta viloyatlarida keng ko‘lamli antiterror reydlarini o‘tkazgan va taxminan 360 kishi qo‘lga olingan. Ularni hibsga olinishi masalasi sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz, 29 dekabrda Yalova viloyatidagi otishmada ISHIDning uyda yashiringan yetti ekstremisti yo‘q qilingandi. Hodisa oqibatida uch politsiya xodimi ham halok bo‘lgan, sakkiz nafar politsiya va bir nafar qo‘riqchi jarohatlangan. Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, barcha jangarilar Turkiya fuqarolari bo‘lgan.
Live
Barchasi