Terror xurujlari vaqt va maqsadlar bo‘yicha muvofiqlashtirilgan – Dog‘iston rahbari

Olam

image

Bir kun avval Darband va Maxachqal’a shaharlarida sodir etilgan teraktlar vaqt va maqsadlar bo‘yicha muvofiqlashtirilgan. Bu haqda Dog‘iston rahbari Sergey Melikov ma’lum qildi.

“Bularning barchasi maqsad, vazifalar va eng muhimi, vaqt nuqtai nazaridan muvofiqlashtirilgan. Ko‘rinib turibdiki, banditlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisob-kitob qilib, bir vaqtning o‘zida to‘rtta terakt amalga oshirib, huquqni muhofaza qiluvchi va xavfsizlik kuchlari harakatlariga tartibsizliklar keltirib, javobgarlikdan va hibsga olishga urinishdan qochishni maqsad qilgan”, dedi u.

U hujumchilarning sheriklarini aniqlash bo‘yicha tezkor faoliyat davom etishi kerakligini ta’kidladi. Respublika rahbari diniy omildan foydalanishni “jamiyatni larzaga solishga urinish” deb atadi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 23 iyun kuni Dog‘iston Respublikasining Darband va Maxachqal’a shaharlarida noma’lum shaxslar ikkita pravoslav cherkovi, ikkita sinagoga va yo‘l politsiyasi postiga hujum qildi. Darbandda ruhoniy, Maxachqal’adagi sobori o‘qqa tutilishi chog‘ida cherkov qorovuli halok bo‘ldi. Rossiya rasmiylariga ko‘ra, hujum qilganlardan besh nafari o‘ldirilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 15 nafar huquq-tartibot xodimi, shuningdek, 4 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

terakt Dog'iston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing