“Terpila, pisar”. Toshkentda YPX xodimi haydovchini haqoratladi (video)

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda yo‘l-patrul xizmati xodimi haydovchini haqoratlagani va ularning o‘rtasidagi janjal aks etgan videolar keng tarqaldi. Videoda YPX xodimi haydovchini kurakda turmaydigan “terpila, pisar” kabi so‘zlar bilan haqoratlab, uni  erkakcha gaplashib olishga undagan.

Ushbu holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, voqea 31 iyul kuni “Chorsu” jarima maydonchasi ro‘parasida sodir bo‘lgan.

Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimi Bekzod Mirzarahimov Cobalt’ni to‘xtatgan. Tekshiruv davomida YPX xodimi haydovchiga qarzdorlik sabab avtomobilni jarima maydoniga joylashini aytgan. Ammo birozdan so‘ng jarima to‘lash muddatida yanglishganligini aytib haydovchiga ketishi mumkinligini ma’lum qilgan. Haydovchi YPX xodimiga e’tiroz bildirgan va tortishuv kelib chiqqan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ullari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YPX haqorat

Baholaganlar

665

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing