Termiz shahrining hududi kengaytiriladi
Jamiyat
−
14 dekabr 2019
5684Xabaringiz bor, bugun, 14 dekbar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma beshinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tyapti.
QALAMPIR.UZ muxbirining xabar berishicha, senatorlar Surxondaryo viloyati Termiz tumanining chegarasini o‘zgartirish, Termiz shahrining chegarasini kengaytirish hamda ularning chegaralarini tasdiqlash masalasini ko‘rib chiqdi.
Nazarda tutilayotgan o‘zgarishlarga ko‘ra, Surxondaryo viloyati Termiz tumani hududidagi “Manguzar”, “Chegara”, “Pattakesar”, “Tinchlik”, “Alisher Navoiy”, “Kokildor ota” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlari to‘liq, “Nurli diyor” va “Namuna” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarining bir qismi (umumiy yer maydoni 1 561 gektar) Termiz shahri tarkibiga o‘tkaziladi.
Senatorlar muhokamalar yakunida Termiz shahrini kengaytirish taklifini ma’qulladi.
LiveBarchasi