Termiz shahri kirib-chiqish uchun yopildi

Jamiyat

image

Surxondaryo viloyatining markazi Termiz shahri kirib-chiqish uchun yopildi. Bu haqda viloyat hokimi To‘ra Bobolov aholiga yo‘llagan murojaati vaqtida ma’lum qildi.

“Kuzatilayotgan epidemik vaziyatni hisobga olib, biz bugundan Termiz shahriga kirib-chiqishni to‘xtatdik va bir qator yumshatishlarni bekor qildik”, dedi To‘ra Bobolov.

Hokimning ta’kidlashicha, Termiz shahri fuqarolari, tadbirkorlari bundan to‘g‘ri xulosa chiqarib, karantin talablariga rioya etishi lozim. 

Shu bilan birga, epidemik vaziyat murakab bo‘lgan Termiz, Denov, Muzrabot, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Boysun tumanlarida ham karantin talablari kuchaytiriladi..

“Vohadoshlarimizdan zarur bo‘lmagan holatlarda ko‘chaga chiqmasliklarini, juda zaruriyat tug‘ilganda karantin qoidalariga amal qilgan holda niqob taqib chiqishlarini, shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra yuz-qo‘llarini gigiyena vositalarida doimiy tozalab turishlarini iltimos qilaman.

Agar oila a’zolaringizdan kimningdir harorati keskin oshadigan yoki sog‘lig‘ida boshqa biror o‘zgarish bo‘lsa zudlik bilan tibbiyot xodimlariga murojaat qiling.

“O‘tib ketadi”, deb mustaqil davolanishga urinmang! Kasallik qancha erta aniqlansa, uning oldini olish ham oson kechadi”, dedi hokim.

Eslatib o‘tamiz, Surxondaryoda to‘y o‘tkazish qoidalari buzilishi natijasida 250 nafardan ortiq odam karantinga olingan.

Ma’lumot uchun, bugun, 17 iyun kuni Surxondaryoda koronavirus bilan bog‘liq 6 ta holat qayd etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

225

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing