Terimchilarni paxtadan olib qaytayotgan mashina YTHga uchradi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida paxta terimidan ayollarni olib qaytayotgan Labo Cobalt bilan to‘qnashgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, voqea joriy yilning 3 oktyabr kuni soat 19:00 larda Bandixon tumani, “Gulbog‘” mahallasi hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Labo haydovchisi avtomobilida harakatlanib ketayotganida, boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan Cobalt rusumli transport vositasi bilan to‘qnashib ketgan. 

Oqibatda Labo rusumli avtomobil haydovchisi hamda 5 nafar ayol shu paytning o‘zida turli darajadagi tan jarohatlari bilan tuman shifoxonasiga yetkazilgan. Mashina bortida 16 nafar ayol bo‘lgani, ularning barchasi turli darajada tan jarohati olgani haqida tarqatilgan ma’lumot esa asossiz ekani bildirildi.

Hozirda holat yuzasidan Bandixon tuman IIB tergov guruhi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati, Angren shahri hududidan o‘tgan A-373 “Toshkent-O‘sh” xalqaro avtomobil yo‘lida bir nechta transport vositalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lib, ushbu YTH oqibatida 7 kishi vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo paxta Gulbog'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing