Tergov davomida Durovning barcha pasportlari olib qo‘yildi

Olam

image

Parij sudi tergov davomida Telegram asoschisi Pavel Durovning barcha pasportlarini musodara qildi. Bu haqda Parij va Nitssa advokatlar assotsiatsiyasi a’zosi Irina Sidorova TASS'ga ma’lum qildi.

“Tergov davomida u bilan birga bo‘lgan barcha pasportlar olib qo‘yildi, ya’ni u Fransiyani havo, dengiz yoki quruqlik orqali tark etish imkoniyatiga ega emas”, deydi Sidorova.

Uning ta’kidlashicha, agar u Fransiyani tark etishga urinsa, Durov qidiruvga berilishi va keyingi tergov uchun yana hibsga olinishi mumkin.

Parij prokuraturasi Fransiya huquq-tartibot idoralari Durovni ko‘plab kiberjinoyatlarda gumon qilib, ismi oshkor etilmagan shaxsga qarshi tergov doirasida so‘roq qilayotganini ma’lum qildi. 28 avgust kuni Durov Parij sudiga olib borildi va sudya uni dastlabki so‘roq qilish va ehtimoliy ayblovlar uchun politsiya hibsxonasida ushlab turishni to‘xtatdi. U 5 million yevro garov evaziga ozod qilindi. Unga Fransiyadan chiqib ketish taqiqlandi va haftasiga ikki marta politsiyaga xabar berib turishi sharti qo‘yildi.

Ma’lumot uchun, rossiyalik tadbirkor va dasturchi Pavel Valerievich Durov Sent-Kits va Nevis, BAA va Fransiya davlatlari fuqarosi hisoblanadi. U terrorizm, giyohvandlik, jinoiy sherikchilik, firibgarlik, pul yuvish, soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, Telegramʼdagi pedofiliyaga asoslangan kontent singari bir qator ayblovlar bilan hibsga olingandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BAA Durov ishi bo‘yicha uning advokati va Fransiya bilan aloqada bo‘lib turganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Pavel Durov Telegram Parij sudi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing