Durov Fransiyada kiberjinoyatlarda gumon qilinib, so‘roq qilinmoqda
Olam
−
26 avgust
2709Fransiya huquq-tartibot idoralari Telegram asoschisi Pavel Durovni ko‘plab kiberjinoyatlarda gumon qilinib, ismi oshkor etilmagan shaxsga qarshi tergov doirasida so‘roq qilmoqda. Bu haqda Parij prokuraturasi bayonotida aytiladi.
“Bir qator jinoyatlarni sodir etishda gumon qilingan ismi oshkor etilmagan shaxsga nisbatan sud tergovi boshlandi. Pavel Durov tergovchilar tomonidan so‘roq qilinmoqda”, deyiladi bayonotda.
“Nomi oshkor etilmagan shaxs” gumon qilinayotgan jinoyatlar orasida “onlayn platformani boshqarishda uyushgan jinoiy faoliyat doirasidagi noqonuniy bitimlarga sheriklik” ham bor. U, shuningdek, turli moddalar, jumladan, voyaga yetmaganlar ishtirokidagi pornografiyaga egalik qilish, bunday pornografik materiallarni “uyushgan holda tarqatish” va “foydalanish uchun taqdim etish”, “giyohvandlik vositalarini sotib olish, tashish, saqlash, taklif qilish yoki o‘tkazish” va “o‘tkazish, ma’lumotlarni qayta ishlashning avtomatlashtirilgan tizimining ishlashiga putur yetkazish yoki unga kirish uchun mo‘ljallangan yoki moslashtirilgan qonuniy uskuna, asbob, dastur yoki ma’lumotlarsiz foydalanishni ta’minlash”da =am ayblanmoida.
Shuningdek, “uyushgan guruh tarkibida firibgarlik”ga sheriklik ham qayd etilgan. "Ismi oshkor etilmagan shaxs" gumon qilinayotgan boshqa jinoyatlar qatoriga "vakolatli organlarga qonun bilan ruxsat etilgan ushlashni amalga oshirish va ulardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan ma’lumot yoki hujjatlarni taqdim etishni rad etish", "5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadigan huquqbuzarlik yoki jinoyat sodir etish uchun jinoiy til biriktirish" kiradi.
Qolgan ayblovlar orasida “uyushgan guruh tarkibida jinoyatlar uchun javobgarlikdan qochishga yordam berish”, “sertifikatsiz kriptografik xizmatlar ko‘rsatish”, “oldindan deklaratsiya qilinmagan holda faqat autentifikatsiya yoki yaxlitlikni nazorat qilish funksiyasini ta’minlamaydigan kriptografik mahsulotni taqdim etish”, “ faqat autentifikatsiya yoki yaxlitlik funksiyalarini ta’minlamaydigan kriptografik mahsulotni oldindan deklaratsiya qilmasdan import qilish" bor.
Bayonotda faqat Durovni so‘roq qilish haqida so‘z boradi, lekin unga yuqorida aytilgan ayblovlarni qo‘yish haqida emas.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bugun, 26 avgust kuni Telegram bosh direktori Pavel Durov hech qanday siyosiy sababsiz sud tergovi doirasida hibsga olinganini aytgandi.
LiveBarchasi