Terakt uchun qasos og‘ir bo‘ladi – Turkiya IIV AQSHning ta’ziyasini tanqid qildi
Olam
−
14 noyabr 2022
22516Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu kecha, 13 noyabr kuni Istanbulda yuz bergan terakt munosabati bilan AQSHning rasmiy hamdardlik bildirishini keskin tanqid qilib, yaqin orada bunga javob berilishini ta’kidladi.
“Nazarimda, bugun Qo‘shma Shtatlar tomonidan bildirilgan hamdardlik go‘yo qotil hujum sodir bo‘lgan joyga birinchilardan bo‘lib kelgandek baholanishi mumkin. Bu xabarga javob juda aniq bo‘ladi, umid qilamanki, yaqin kelajakda”, deydi bugun, 14 noyabr kuni Turkiya vaziri “Haber” telekanali orqali.
Soylu AQSH tomonidan berilgan ta’ziya matnini taqdim etmagan.
Turkiya IIV rahbari, bundan tashqari, “Tez orada Beyo‘g‘li tumanida yuz bergan voqea uchun javob qilinishiga va’da berdi.
“Qayta aytaman, bizga bu og‘riqni keltirganlarga javob biz boshdan kechirganimizdan ko‘p marta kuchliroq bo‘ladi. Biz ular bizga zo‘ravonlik harakati bilan qanday xabar yubormoqchi ekanligini bilamiz. Biz buni oldik, hech kim qasos haqida qayg‘urmasin”, deydi u.
Shuningdek, Soylu Istanbuldagi terakt munosabati bilan Anqaraning ayrim ittifoqchilarining terrorizmga qarshi kurashdagi pozitsiyasini nosamimiy deb atadi.
“Bizning bir qancha ittifoqchimiz deb atalgan davlatlarning nosamimiyligi borki, ular o‘z uylarida terrorchilarni qo‘llab-quvvatlaydilar, yoki ularning o‘zlari bosib olgan hududlarida yashashiga ruxsat beradilar yoki ularga o‘z senatlaridan rasman pul jo‘natadilar”, deydi u.
Soylu Turkiya qanday ittifoqchilar haqida gapirayotganiga aniqlik kiritmadi. Ayni paytda, so‘nggi yillarda Turkiya va AQSH, shuningdek, ayrim Yevropa davlatlari o‘rtasida respublikada terrorchi deb tan olingan tashkilotlarga nisbatan pozitsiyasi yuzasidan munozaralar kuchaygan. Gap AQSHda yashovchi va 2016 yilgi davlat to‘ntarishiga urinish muallifi sanalgan FETO tashkiloti rahbari Fathulloh Gulen, Kurdiston Ishchi partiyasi va Xalq o‘zini-o‘zi mudofaa kuchlari haqida ketmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 13 noyabr kuni tushdan keyin Istanbulning Beyo‘g‘li tumanidagi sayyohlar gavjum va mashhur Istiqlol ko‘chasida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida olti kishi halok bo‘lgan, 80 dan ortiq kishi jarohatlangan. Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an avvalroq voqeada terror izi borligini aytgan edi. Keyinroq respublika vitse-prezidenti Fuat O‘ktay portlovchi qurilmani ayol kishi ishga tushirganini aytdi.
LiveBarchasi