Istanbuldagi terrorchilik amalga oshirganlar og‘ir badal to‘laydi – Turkiya
Olam
−
15 noyabr 2022
6836Istiqlol ko‘chasidagi hujumni amalga oshirgan terrorchilar og‘ir badal to‘laydi. Bu haqda Turkiya Milliy mudofaa vazirligining bugun, 15 noyabr kuni e’lon qilgan bayonotida so‘z borgan.
Mudofaa vazirligi Istanbuldagi teraktda halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan.
“Terror tashkilotlari, jumladan Kurdiston Ishchilar partiyasi (KIP) nafaqat turk xalqining, balki butun insoniyatning dushmani ekanini tan olishdan haligacha bosh tortayotganlar bor. Shimoliy Iroq va Suriyada burchakka qamab qo‘yilgan va turk harbiylariga ochiq qarshilik ko‘rsatishga jur’at etmagan KIP jangarilari o‘zlarining pastkashliklarini dunyoga qayta-qayta namoyish qildilar”, deyiladi xabarda.
Mudofaa vazirligi Istanbulning begunoh tinch aholisiga hujumni amalga oshirgan terrorchilar og‘ir badal to‘lashiga ishontirdi.
“Terrorchilar Turkiya va uning atrofidagi mintaqalarda yo‘q qilinadi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 13 noyabr kuni tushdan keyin Istanbulning Beyo‘g‘li tumanidagi sayyohlar gavjum va mashhur Istiqlol ko‘chasida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida olti kishi halok bo‘lgan, 80 dan ortiq kishi jarohatlangan. Jarohatlanganlarning 50 nafariga shu kunning o‘zida shifokorlar uyga ketishga ruxsat bergan. 31 kishi shifoxonaga joylashtirilgan. Ulardan besh nafarining ahvoli og‘ir, 2 nafari o‘tar og‘ir ahvolda. Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an voqeada terror izi borligini aytdi.
Terakt sodir etilganidan 10 soat o‘tib, teraktning ijrochisi – arab millatiga mansub ayol Ahlam al-Bashir Istanbul politsiyasi tomonidan qo‘lga olindi. Tergov davomida u AQSHdan kelgan instruktorlar rahbarligida terrorchilik mashg‘ulotlaridan o‘tganini tan oldi.
LiveBarchasi