Istanbuldagi teraktga AQSHning aloqadorligi topildi – OAV
Olam
−
15 noyabr 2022
2765113 noyabr kuni Istanbulning Istiqlol ko‘chasida terakt sodir etgan Suriya fuqarosi Ahlam al-Bashir AQSHdan kelgan instruktorlar rahbarligida terrorchilik mashg‘ulotlaridan o‘tgan. Bu haqda mahalliy “Yeni Şafak” nashri gazetasi voqeani tergov qilayotgan politsiyaga tayanib xabar berdi.
Nashrning yozishicha, hujumni amalga oshirish buyrug‘ini Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP) Suriya bo‘limi yetakchilaridan biri bergan.
Terrorchi Istiqlol ko‘chasidan qochib ketganidan keyin 10 soat o‘tib qo‘lga olindi, u yerda kuchli portlovchi moslama solingan sumkani o‘rindiqqaa tashlab ketgan. Uni qidirish uchun Istanbul politsiyasining barcha texnik imkoniyatlari sarflandi, 1,2 mingta videokuzatuv kameralari yordamida ayol yurgan yo‘llar kuzatildi va uning manzili topildi.
Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu kecha, 14 noyabr kuni al-Bashir va hujumga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan yana 45 kishi qo‘lga olinganini ma’lum qildi.
Istanbul xavfsizlik departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, bu harakatni bir necha oy oldin Suriyaning Kobani shahridan jo‘natilgan va terrorchi KIP bilan aloqador al-Bashir amalga oshirgan. So‘roq paytida u o‘z aybiga iqror bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu esa Istanbulda yuz bergan teraktda AQSHni ayblab, ushbu davlatdan va uning Turkiyadagi elchixonasidan ta’ziya kutmasligi, aksincha, har qanday hamdardlikni rad etishini ma’lum qildi.
LiveBarchasi