Bayden Erdo‘g‘an bilan Istanbuldagi teraktni muhokama qildi. Ish ortida AQSH bormi?
Olam
−
15 noyabr 2022
8177AQSH Prezidenti Jo Bayden Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan G20 sammiti doirasida uchrashib, Istanbuldagi terakt, g‘alla bo‘yicha kelishuvni qayta tiklash imkoniyatlari va NATO doirasida muvofiqlashtirish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda bugun, 15 noyabr kuni Oq uy matbuot xizmati ma’lum qildi.
“Prezident Bayden Istanbuldagi zo‘ravonlik harakatlari tufayli Prezident Erdo‘g‘an va Turkiya xalqiga chuqur hamdardlik bildirdi va NATOdagi ittifoqdoshimizni qo‘llab-quvvatlashimizni bildirdi. Prezident Bayden Prezident Erdo‘g‘anga Qora dengiz don tashabbusini qayta boshlashga qaratilgan sa’y-harakatlari uchun minnatdorlik bildirdi”, deyiladi Prezidentlar uchrashuvi yakunlari bo‘yicha bayonotda.
Turkiya Prezidenti Baydenning ta’ziyasi va hamdardlik so‘zlariga qanday javob qilgani ma’lum emas. Na Oq uy matbuot xizmati, na Turkiya rahbari ma’muriyati bu haq yozgan. Biroq, Turkiya rasmiylari, jumladan Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu Istanbulda sodir etilgan teraktda AQSHni ayblab kelmoqda.
Gap shundaki, Sulaymon Soylu esa Istanbulda yuz bergan teraktda AQSHni ayblab, ushbu davlatdan va uning Turkiyadagi elchixonasidan ta’ziya kutmasligi, aksincha, har qanday hamdardlikni rad etishini ma’lum qildi.
“Biz Amerika elchixonasining hamdardligini qabul qilmaymiz, rad etamiz. Albatta, Kobani (Suriya) va terror hududlarini oziqlantiradigan bu tushunchaga o‘z Senatlaridan pul jo‘natib, Turkiya tinchligini u yerdan buzishga urinayotgan bir davlat bilan ittifoqchiligimiz, albatta, muhokama qilinishi kerak.
Biz hech kimga dushman emasmiz, birovning yerida ko‘zimiz yo‘q, hech kimga xiyonat qilmaymiz, lekin shuni aytmoqchimanki, bu xiyonatlarga chidashga sabrimiz tugadi.
Albatta, muvaffaqiyatli operatsiya bilan terrorchilar qo‘lga olindi. Agar biz ularni tutmaganimizda, bugun Gretsiyaga yashirincha olib o‘tishardi”, deydi vazir Soylu.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 13 noyabr kuni tushdan keyin Istanbulning Beyo‘g‘li tumanidagi sayyohlar gavjum va mashhur Istiqlol ko‘chasida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida olti kishi halok bo‘lgan, 80 dan ortiq kishi jarohatlangan. Jarohatlanganlarning 50 nafariga shu kunning o‘zida shifokorlar uyga ketishga ruxsat bergan. 31 kishi shifoxonaga joylashtirilgan. Ulardan besh nafarining ahvoli og‘ir, 2 nafari o‘tar og‘ir ahvolda. Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an voqeada terror izi borligini aytdi.
LiveBarchasi