Tennis: “Uimbldon”da “eski”lardan Jokovich va Federer qoldi
Sport
−
07 iyul 2021
2350Tennis: “Uimbldon”da “eski”lardan Jokovich va Federer qoldi
London shahrida davom etayotgan tennis bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Uimbldon” turniri o‘zining hal qiluvchi pallasiga kirdi. Sovrin jamg‘armasi 48 million dollardan iborat musobaqada erkaklar o‘rtasida nimchorak final uchrashuvlari o‘tkazildi.
Kecha, 6 iyul kuni musobaqaning nimchorak final bahslari o‘tkazildi. Bellashuvlar natijasiga ko‘ra, Matteo Berrettini (Italiya), Karen Xachanov (Rossiya), Marton Fuchovich (Vengriya), Denis Shapovalov (Kanada), 5 karra chempion — Novak Jokovich (Serbiya), Feliks Oje-Alyassim (Kanada), Xuberta Xurkach (Polsha) va sakkiz karra chempion — Rojer Federer (Shveysariya) chorak finalga yo‘l oldi.
Qur’a natijasiga ko‘ra, quyidagi tennischilar o‘zaro to‘qnash keladi:
Karen Xachanov – Denis Shapovalov;
Novak Djokovich – Marton Fuchovich;
Matteo Berrettini – Feliks Oje-Alyassim;
Rodjer Federer – Xubert Xurkach.
Bahslar bugun, 7 iyul kuni markaziy kortda bo‘lib o‘tadi.
Ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarda esa, Eshli Barti (Avstraliya), Anjelik Kerber (Germaniya), Arina Sobolenko (Belarus) va Karolina Plishkova (Chexiya) yarim finalga qadar yetib keldi.
Eshli Barti – Anjelik Kerber
Karolina Plishkova – Arina Sobolenko
Bellashuvlar ertaga, 8 iyul kuni o‘tkaziladi.
LiveBarchasi