Tennis. Kutilmaganda Radukanu “Australian open”ni tark etdi
Sport
−
20 yanvar 2022
2297Ayollar o‘rtasidagi 2021 yilgi AQSH ochiq chempionati g‘olibi, 19 yoshli britaniyalik tennischi Emma Radukanu (WTA reytingida 18-o‘rin) Avstraliya ochiq chempionatini 2-davradayoq tark etdi.
Mavsumdagi ilk “Katta Dubulg‘a” turkumidagi musobaqada 17-raqam ostida tasniflangan Radukanu Chernogoriya vakilasi WTA reytingida 98-o‘rinni egallab turgan Danka Kovinichga 4:6, 6:4, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berdi. Qarama-qarshilik 2 soat 38 daqiqa davom etdi.
Endilikda Kovinich chorak finalga chiqish uchun Simona Xalep (Ruminiya, 14) – Beatris Xaddad-Maya (Braziliya) uchrashuvi g‘olibi bilan kuch sinashadi.
Eslatib o‘tamiz, Radukanu “Katta Dubulg‘a” turnirida g‘olib bo‘lgach, bir nechta kompaniyalarning yuziga aylangan edi.
Ma’lumot uchun, Naomi Osaka Avstraliya ochiq chempionatining amaldagi chempioni hisobladi. O‘tgan yilgi finalda u amerikalik Jennifer Bredini 6:4, 6:2 hisobida mag‘lub etgan.
LiveBarchasi