Tennis: Denis Istomin “qora an’ana”ni davom ettirdi 

Sport

image

Bugun, 24 iyul kunidan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlari O‘zbekiston sportchilarining bellashuvlari boshlandi. Kun davomida bir qancha o‘zbekistonlik sportchilar bahslarda ishtirok etdi. 

O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin hindistonlik Sumit Nagalga qarshi kechgan birinchi setda 4:6 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ikkinchi set davomida 2:4 hisobida ortda qolayotgan Istomin hindistonlik raqibi Sumit Nagalni “tay-brek”da 7:6 hisobida yengishga muvaffaq bo‘ldi.

Bu bilan Istomin setlar bo‘yicha hisobni tenglashtirdi - 1:1. Biroq uchinchi setda Hindiston vakili Nagal 6:4 hisobini qayd etib, bahsni o‘z foydasiga hal etdi. 

Aytilganidek, birinchi kungi bellashuvlar o‘zbekiston uchun muvaffaqqiyatsiz o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Denis Istomin Tennis Olimpiada Tokio-2020

Baholaganlar

78

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing