“Temir Mayk” qaysi tennischiga muxlislik qilishini aytdi
Sport
−
22 dekabr 2021
3021Professional boksning superog‘ir vazn toifasida sobiq Jahon chempioni, amerikalik afsonaviy bokschi Mayk Tayson o‘zining o‘n ikki yoshli tennischi qizi va Avstraliya ochiq chempionatida kimga muxlislik qilishini aytib o‘tdi.
“Bizning butun hayotimiz tennis tufayli o‘zgardi. Ringda pul ishlab topganim qizimning kortdagi o‘yinlarga ishtiyoqi oldida deyarli ahamiyatsiz bo‘lib qoladi. Men uning shaxs sifatida o‘sib borayotganini ko‘ryapman. Agar u tennis o‘ynamaganida bunday bo‘lmasdi. Ayni paytda eng yaxshi sportchilarga kelsak, Novak Jokovichga muxlislik qilaman. Agar u bilan hammasi joyida bo‘lsa, demak, o‘yinlaridan rohat olishimiz mumkin. Avstraliya ochiq chempionatida unga muxlislik qilaman. Chunki u Rafael Nadal va Rojer Federer kabi tennischilarni mag‘lub etgan. U – haqiqiy jangchi”, deydi Tayson.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida “Temir Mayk” Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lgan amerikalik Roy Jonsga qarshi ko‘rgazmali jang o‘tkazgan edi. Jahon boks afsonalari jangi AQSHning Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tgan va to‘liq sakkiz raunddan so‘ng hakamlar durang natija qayd etgan.
Ma’lumot uchun, Tayson prof boksda 58 ta jang o‘tkazib, 50 ta g‘alaba qayd etgan. Jokovich esa 20 marta “Katta dubulg‘a” turkumidagi musobaqalarda bosh sovrinni qo‘lga kiritgan. ATP reytingida 1-o‘rinni egallab turibdi.
LiveBarchasi