Telegram asoschisi yangi iPhone'ni tanqid qildi
Texnologiya
−
20 noyabr 2020 10245 1 daqiqa
Telegram va "VKontakte" ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Pavel Durov iPhone 12 Pro'ni "maqtovlar” bilan siyladi.
Durov iPhone 12 Pro'ni iPhone 5 ning katta o‘lchamdagi versiyasi, deb atagan. Shuningdek, smartfonda kameralarning xunuk to‘plami joylashganini ta’kidlagan.
Uning fikriga ko‘ra, Apple asoschisi Stiv Jobsning vafotidan 9 yil o‘tgan bo‘lsa ham, kompaniya shu paytgacha biror yangilikni o‘ylamagan. U eski g‘oyalar hisobiga yashamoqda.
Uning ta’kidlashicha, iPhone mahsulotlari savdosi yil boshidan buyon 21 foizga tushib ketgan bo‘lishi mumkin. Durovning fikriga ko‘ra, agar holat shu tarzda davom etsa, kelajak 7-10 yil ichida iPhone'ning jahon bozoridagi ulushi hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmay qoladi.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 13 oktyabr kuni Apple kompaniyasi yangi iPhone 12 smartfonini namoyish qilgandi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust