Tel-Avivdagi elchixona Isroilda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga murojaat qildi
Jamiyat
−
08 Oktabr 2023
13450O‘zbekistonning Tel-Avivdagi elchixonasi Isroilda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi. Ushbu murojaat elchixona saytida keltirilgan.
“Vaziyatning keskinlashgani munosabati bilan O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi Konsullik bo‘limi O‘zbekiston fuqarolariga Isroildagi barcha zarur ehtiyot choralarini ko‘rishni, xavfsiz joylarda bo‘lishni va rasmiy organlar xabardor qilinmaguncha u yerni tark etmaslikni qat’iy tavsiya qiladi”, deyiladi murojaatda.
Favqulodda vaziyatlarda quyidagi raqamlarga murojaat qilish mumkin: +972544851397, 03-672-2466.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 7 oktyabr kuni ertalab G‘azo sektoridan Isroil hududiga raketa hujumi boshlangandi. Keyinchalik HAMAS harakati Isroilga qarshi “Al-Aqso to‘foni” harbiy operatsiyasi boshlaganini e’lon qildi. Isroil Mudofaa kuchlari esa bunga javoban “Temir qilichlar” “aksilterror operatsiyasi”ni boshladi. Shundan so‘ng, Bosh vazir Binyamin Netanyaxu isroilliklarga murojaat bilan chiqib, mamlakatda sodir bo‘layotgan voqealar harbiy operatsiya emas, balki to‘laqonli urush ekanini aytdi.