Tel-Aviv HAMASga “so‘nggi imkon” berdi. Aks holda katta qirg‘in bo‘ladi
Olam
−
03 may
9576Isroil Falastinning HAMAS harakatiga taklifini qabul qilishi uchun bir hafta muhlat berdi, aks holda G‘azoda dunyoda xavotir uyg‘otgan qirg‘in boshlanadi. Bu haqda "The Wall Street Journal" o‘z manbalariga tayanib, xabar berdi.
Avvalroq, HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvar "urushni tugatish bo‘yicha ishonchli taklif" bo‘lmasa, asirga olinganlar qaytarilmasligini aytgandi.
Tel-Avivning so‘nggi taklifi 40 kungacha bo‘lgan tinchlikni nazarda tutadi, bu vaqt mobaynida esa HAMAS 33 nafar garovga olinganlarni ozod qilishi kerak. Shunga qarab Isroil keyinchalik uzoq muddatli sulh haqida o‘ylab ko‘rishi mumkin. Keyingi bosqichlarda Isroil qolgan garovdagilarning ozod etilishiga qarab otashkesim muddatini belgilamoqchi. Tinchlik davri 6 haftadan boshlab bir yilgacha cho‘zilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq G‘azodagi genotsid tufayli Turkiya Isroil bilan savdo aloqalarini uzgandi.