Tehrondagi tartibsizliklarda politsiya xodimi pichoqlab o‘ldirildi 

Olam

image

Bugun, 8 yanvar kuni Eron poytaxti Tehron yaqinida yashash xarajatlarining ortishi  bilan bog‘liq noroziliklar vaqtida  politsiya xodimi pichoqlab o‘ldirildi. Bu haqda “The Daily Star” nashri mahalliy OAVga tayanib xabar berdi.  

Qayd etilishicha, Malard tumanida xizmat olib borgan politsiya xodimi podpolkovnik Shahin Dehgan tartibsizlikni nazorat qilish harakatlari vaqtida pichoqlab o‘ldirilgan.  Hozirda jinoyatchilar shaxsini aniqlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. 

Noroziliklar 28 dekabr kuni Tehronda savdogarlar inflyatsiya va Eron rialining keskin tushib ketishiga qarshi namoyishga chiqqach boshlangan va boshqa shaharlarga ham tarqalgan. Mamlakat bo‘ylab norozilik namoyishlari boshlanganiga bugun 12 kun to‘ldi.

AFP agentligining rasmiy bayonotlari va mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, namoyishlar Eronning 31 viloyatidan 25 tasiga tarqalgan va bir necha o‘nlab odamlar, jumladan xavfsizlik xodimlari ham halok bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lordegon shahrida ham to‘qnashuvlar oqibatida ikki kishi halok bo‘lib, 30 ga yaqin kishi jarohatlangandi.  


Maqola muallifi

Teglar

Eron Tehron Shahin Dehgan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing