TDTUda talabalarning ijara puli to‘lab berilmayapti

Jamiyat

image

QALAMPIR.UZ’ga Toshkent davlat tibbiyot universitetida o‘nlab talabalarga 2 oydan beri ijara puli to‘lab berilmayotgani to‘g‘risida murojaat kelib tushdi. Qayd etilishicha, guruhdagi 63 kishidan 41 tasi kvartirada turadi va ularga ikki oydan beri ijara puli to‘lab berilmagan.

“Toshkent davlat tibbiyot universitetida 2 oydan beri ijara puli to‘lab berilmayapti. Guruhimizda 63 kishi, shundan 41 kishi kvartirada turadi”, deyiladi murojaatda.

Tahririyat vaziyatni o‘rganish maqsadida universitet bilan bog‘landi. Muassasa ma’muriyatining ma’lum qilishicha, pullarni to‘lash ishlari olib borilmoqda.

“Tez orada bartaraf etamiz. Lekin bu masalada muammo bo‘lmasligi kerak edi. Buyruqlar chiqarilgan”, deyildi tahririyat jurnalisti bilan suhbatda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24 sentyabrdagi 605-son qaroriga muvofiq, yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga yoki ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo‘lmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalari talabalarining oylik ijara to‘lovi bir qismini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoplab berish tartibi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq QALAMPIR.UZ’ga Toshkent davlat tibbiyot universitetining 2-kurs klinik ordinatura (rezidentura) bosqichida tahsil olayotgan talabalar murojaat yo‘llab, 3 oydan beri stipendiya olisholmayotgani haqida ma’lum qilgandiQALAMPIR.UZ tomonidan e’lon qilingan maqoladan so‘ng, talabalarga stipendiya to‘lab berildi.


Maqola muallifi

Teglar

TDTU talabalar ijara Toshkent davlat tibbiyot universiteti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing