TDT sammitida qatnashish uchun Prezident qolib, Gurbanguli Berdimuhamedov keldi

Jamiyat

image

Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bugun, 11 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasii Prezidenti Shavkatt Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlari kengashida yig‘ilishida ishtirok etish uchun Samarqandga keldi.

Uni aeroportda O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Gurbanguli Berdimuhamedov bugun faxriy mehmon sifatida Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida qatnashadi.

Eslatib o‘tamiz, bungacha Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlari kengashi sammitida ishtirok etish uchun Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Samarqandga kelgan edi. 

Ma’lumot uchun, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Ozarbayjon Turkiy davlatlar tashkiloti a’zolari sanaladi. Vengriya va Turkmaniston ushbu tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega. 

Qozog‘istonning sobiq Prezidenti Nursulton Nazarboyev aslida 2019 yilning mart oyida davlat rahbari kursisini Qosim-Jomart To‘qayevga topshirganiga qaramay, ushbu tashkilot majlislarida doim o‘zi ishtirok etib kelgan. To‘qayev 2021 yilning noyabr oyida, Prezidentligining uchinchi yilida, Istanbulda bo‘lib o‘tgan sammitda birinchi marta Qozog‘iston nomidan ishtirok etdi. Bunday holat Turkmaniston bilan haam takrorlanayottganga o‘xshaydi. 


Maqola muallifi

Teglar

Gurbanguli Berdimuhamedov

Baholaganlar

149

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing