Tbilisida “xorijiy agentlar” qonuniga qarshi miting bo‘ldi 

Olam

image

Gruziyada bir necha yuzlab fuqaro va muxolifatchi siyosatchilar kecha, 24 may kuni Tbilisidagi Ozodlik maydonida mamlakat Ichki ishlar vazirligi binosining oldida “xorijiy agentlar” haqidagi qonunga norozilik bildirib, miting uyushtirdi. Mahalliy telekanallar jarayonni jonli efirda namoyish etdi.

Namoyishchilar hukumatdan qonunni bekor qilishni talab qilishdan tashqari, ushbu tashabbusda qatnashayotganlarning hibsga olinishiga ham qarshi chiqmoqda. Ularga ko‘ra, avvalroq uyushtirilgan mitinglarda Ichki ishlar vazirligi bir necha yuz kishini hibsga olgan. Xavfsizlik kuchlari namoyishchilarni qo‘rqitish bilan birga, ularni jarimaga tortmoqda. 

Shuningdek, miting  o‘tayotgan ko‘chalarda avtomobillar harakati to‘sib qo‘yilgan. Namoyishchilar Gruziya, Yevropa Ittifoqi va AQSH bayroqlarini ko‘tarib yurishibdi. 

27 may kuni Gruziya parlamenti Prezident Salome Zurabishvilining “xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi ilgari qabul qilingan qonun loyihasiga qo‘ygan vetosini bekor qilish tartib-tamoyilini boshlash niyatida. 

Ma’lumot uchun, mazkur qonun loyihasini ko‘rib chiqish Gruziyada aprel oyida boshlangan. O‘shandan beri mamlakatda keng ko‘lamli namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH senatorlari Gruziyaga qarshi sanksiyalarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini taqdim etgandi.

Habib Jo‘raboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Gruziya Tbilisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing