Kurs UZS

USD

12 927.17

36.74

EUR

14 717.58

-3.29

RUB

155.73

-0.31

Tayvanda savdo markazida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor (video)

Olam

image

Bugun, 13 fevral kuni Tayvanning markaziy qismida joylashgan Taychjun shahridagi savdo markazida gaz portlashi oqibatida kamida besh kishi halok bo‘ldi va yetti kishi jarohat oldi. Bu haqda yong‘in xavfsizligi xizmatiga tayanib, “Bangkok Post” nashri xabar berdi.

Nashrning yozishicha, portlash binoning qurilish olib borilayotgan 12-qavatida sodir bo‘lgan. Qurilish ishlari tufayli shu qavatdagi ovqatlanish korti yopiq bo‘lgan.

“Men soat 11:30 atrofida shahar hokimiyati binosida ishlayotgan edim va u “Shin Kong Mitsukoshi” savdo markazi yonida joylashganligi sababli, tebranishni his qildim. Portlash juda jiddiy, qutqaruv ishlari davom etmoqda”, dedi mahalliy aholi vakili Lu.

Milliy yong‘in xavfsizligi agentligiga ko‘ra, kamida besh kishi halok bo‘lgan, yana 20 kishi jarohatlangan. Binodan va uning atrofidan taxminan 235 kishi evakuatsiya qilingan.

Taychjun yong‘in xavfsizligi xizmati tomonidan e’lon qilingan videoda ko‘rsatilishicha, o‘t o‘chiruvchilar binoga kirganida portlash sodir bo‘lgan qavat deyarli butunlay vayron bo‘lgan. Kadrlarda buzilgan konstruksiyalar va egilgan metall bo‘laklari shiftga ilinib qolgani, pol esa butunlay vayrona qoldiqlari bilan qoplangani aks etgan.

Qayd etilishicha, qutqaruv ishlari davom etmoqda, voqea joyida 130 dan ortiq o‘t o‘chiruvchi jalb qilingan. Mahalliy OAV tomonidan e’lon qilingan tasvirlarda tez yordam mashinalari va favqulodda xizmat xodimlari hududni to‘sib, to‘shaklarda jabrlanuvchilarni olib ketayotgani aks etgan. 

Ma’lumot uchun, mazkur savdo markazi Tayvanning Shin Kong Group va Yaponiyaning Isetan  Mitsukoshi Holdings Limited kompaniyalari tomonidan qo‘shma ravishda boshqariladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya poytaxti Moskva shimoli-g‘arbidagi “Aliye parusa” turarjoy majmuasida portlash sodir bo‘lgan edi. Portlovchi moslamaning ishga tushishi oqibatida 4 kishi jarohatlangan, 2 kishi halok bo‘lgan. Ulardan biri ArBat batalonining asoschisi Armen Sarkisyan.  


Maqola muallifi

Teglar

portlash Tayvan savdo markazi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing