Tataristonga dron hujumi oqibatida xorijliklar ham jabrlandi

Olam

image

Avvalroq, Tataristonning "Yelabuga" maxsus iqtisodiy zonasiga dron hujum qilgani haqida xabar bergandik. Hujum oqibatida 14 kishi, jumladan, ikki o‘smir jarohatlangan. Bu haqda “RBK” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Yelabuga Politex” yotoqxonasi uchuvchisiz uchoqlar tomonidan nishonga olinishi sababli xorijliklar ham jabr ko‘rgan. Ular orasida Qirg‘iziston, Shri-Lanka, Zimbabve, Ruanda, Kongo, Keniya, Nigeriya va Janubiy Sudan fuqarolari ham bor. 

Nashrning yozishicha, jarohatlanganlar bir kun avval Respublika bolalar klinik shifoxonasiga yotqizilgan. Ularning ahvoli o‘rtacha og‘ir, deb baholangan. Ertalab olti nafar jabrlanuvchiga Yelabuga markaziy shifoxonasida tibbiy yordam ko‘rsatilgan, qolganlari ambulator davolanishga o‘tkazilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning to‘qqiz viloyatiga dron hujumi uyushtirilgani haqida xabar bergan edik.

Otaboyeva Madina


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Tatariston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing