Tataristondagi hujumda jarohatlangan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

Jamiyat

image

Tataristondagi dronlar hujumi oqibatida jabrlangan so‘nggi O‘zbekiston fuqarosi vatanga olib kelindi. Bu haqda bugun, 14 sentyabr kuni Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

 

Joriy yilning 10 avgust kuni Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasidagi Nijnekamsk shahrida joylashgan qator ob’ektlarga uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar) orqali hujum sodir bo‘lgandi.

Hodisa oqibatida Nijnekamsk shahridagi qurilish korxonasida ishlagan 8 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan, yana bir qator O‘zbekiston fuqarolari esa turli darajada tan jarohatlari bilan shifoxonalarga joylashtirilgan.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi samolyotida fojiali voqealar chog‘ida jabrlangan fuqarolar orasidan respublikasining so‘nggi fuqarosi tibbiy repatriatsiya qilingan.

2001 yilda tug‘ilgan fuqaro S.A.S. dastlab Nijnekamsk shahridagi Markaziy shifoxonaning jonlantirish bo‘limida davolangan. Keyinchalik Tatariston mahalliy hokimlik organlarining ko‘magida vertolyotda Qozon shahridagi ixtisoslashtirilgan shifoxonaga olib borilib, davolanishni davom ettirgan hamda ikki murakkab jarrohlik amaliyotini boshidan kechirgan.

O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi tomonidan fuqaro S.A.S. ni keyinchalik mamlakatga evakuatsiya qilish maqsadida zarur reabilitatsiya jarayonlari va chora-tadbirlar tashkil etilgan. Jabrlangan o‘zbekistonlikni “Qozon–Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha mamlakatda davolanishni davom ettirish uchun qaytarilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tataristondagi dronlar hujumi oqibatida vafot etgan O‘zbekiston fuqarolarining jasadlari vatanga olib kelingani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing