Rossiyada özbekistonliklar foydasiga 1,5 mln rubl undirildi
Jamiyat
−
18:59 379 1 daqiqa
Rossiyada iş haqini ololmagan 8 nafar özbekistonlik foydasiga sud orqali 1,5 million rubldan ortiq mablağ undiriladi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, joriy yilning oktyabr oyida Rossiyada iş beruvçilar bilan mehnat nizosiga duç kelgan 8 nafar özbekistonlikning huquqlari sud orqali himoya qilingan. Ularning har biri böyiça iş körib çiqilib, jami 1 million 519 ming 786 rubl undiriş töğrisida ijobiy qarorlar qabul qilingan.
Uşbu mablağ iş beruvçilarning iş haqi böyiça qarzdorligi, tölovlarni keçiktirganlik uçun kompensatsiya hamda ma’naviy zarar tölovlarini öz içiga oladi.
Migratsiya agentligi xorijda işlaş davomida mehnat huquqlari buzilgan yoki iş haqini ololmagan fuqarolarni yordam sörab murojaat qilişga çaqirgan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning dastlabki 9 oyida xorijda işlayotgan 817 nafar özbekistonlik foydasiga iş beruvçilardan jami 850 ming AQŞ dollari undirib berilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi