Tataristonda neft bakining portlashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Tataristonning Zainskiy tumani Staroye Mavrino qishlog‘ida neft mahsulotlari solingan bo‘sh sisterna portlab ketdi. Oqibatda ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda xizmatlar TASS agentligiga ma’lum qildi.

 “Yeloxovneft” tovar-xomashyo parkida neft mahsulotlari saqlanadigan bo‘sh idish portlab ketdi. Ikki kishi halok bo‘ldi", deydi agentlik suhbatdoshi.

Portlashdan keyin yong‘in kelib chiqqan va darhol bartaraf etilgan. 

Shuningdek, ikki kishining o‘limi yuzasidan Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining Tatariston Respublikasi bo‘yicha tergov organlari Jinoyat kodeksining 217-moddasi (portlovchi qurilmalarda xavfsizlik qoidalarini buzish) bilan jinoiy ish ochilgan. 

“Tergovchilar voqea joyini ko‘zdan kechirmoqda, zarur ekspertizalarni tayinlash masalasi hal qilinmoqda”, deyiladi xabarda.

Halok bo‘lgan ikki nafar ishchi 1976 va 1987 yillarda tug‘ilgani aniqlangan. Ularning oilalariga zaruriy yordam ko‘rsatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

portlash Tatariston neft' baki

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing