Tataristonda mast o‘zbekistonlik plyajda cho‘milaman deb cho‘kib ketdi
3-sahifa
−
24 iyul 2024 6158 1 daqiqa
Tataristonda mast o‘zbekistonlik erkak shahar plyajining taqiqlangan hududida cho‘milib, cho‘kib ketdi. Bu haqda “Tatarstan24” xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa Nijnekamsk shahrining “Kama” plyajida sodir bo‘lgan. 7 iyuldan boshlab plyajdagi suv sifatsiz deb topilgani uchun u yopilgan, biroq taqiqlarga qaramay erkak suvga sho‘ng‘igan va qaytib chiqmagan.
“Erkakning jasadini qidirish davom etmoqda. G‘avvoslar o‘zbekistonlikni taxminan 8 metr chuqurlikdan qidirmoqda, ammo kuchli oqimlar jasadni voqea joyidan uzoqqa olib ketgan bo‘lishi mumkin”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada o‘zbekistonlik erkak selfi tushaman deb suvda cho‘kib ketgandi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust