Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyadagi migrantlarni namoyishlar bo‘yicha ogohlantirdi
Jamiyat
−
04 fevral 2021
4752Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini noqonuniy namoyishlarda qatnashmaslikka chaqirdi.
“So‘nggi kunlarda Rossiya Federatsiyasining turli hududlarida davlat rasman ruxsat bermagan ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda.
Shu munosabat bilan, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ushbu davlatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan bunday ommaviy nomoyishlarda ishtirok etmaslikni, Rossiya Federatsiyasi qonunlariga rioya etishni va odamlar ko‘p to‘planayotgan joylarga bormaslikni so‘raydi”, deyiladi xabarda.
Bu kabi rasman ruxsat berilmagan tadbirlarda qatnashish chet el fuqarolari uchun Rossiya Federatsiyasi qonunlariga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortilish yoki davlatdan majburiy chiqarib yuborishga olib kelishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 va 31 yanvar kunlari Rossiya shaharlarida muxolifatchi Aleksey Navalniyni ozod qilinishini so‘rab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi.
LiveBarchasi