Tashqi kuchlarni Suriya ishlariga aralashtirmaymiz – Si Szinpin
Olam
−
06 noyabr 2021
5705Xitoy hukumati Suriyaga mamlakatni tiklash va COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda yordam berishda davom etish niyatida. Bu haqda XXR raisi Si Szinpin Suriya Prezidenti Bashar Asad bilan telefon muloqoti chog‘ida ma’lum qildi.
“Xitoy Suriya tomoniga COVID-19 ga qarshi kurashda yordam berishda davom etadi, shuningdek mamlakatni o‘z rivojlanishini tiklashda qo‘llab-quvvatlaydi. Xitoy Suriya tomonining davlat suvereniteti, hududiy yaxlitligi va milliy qadr-qimmatini himoya qilish bo‘yicha harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi va tashqi kuchlarning Suriyaning ichki ishlariga aralashish urinishlariga qat’iy qarshi chiqadi”, degan Si Szinpin.
Suriya rahbari bunga javoban Xitoyga ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirgan va Damashq xitoylik investorlarning mamlakatni qayta qurishda ishtirok etishini olqishlashini aytgan.
LiveBarchasi