Taroveh namozlarida har kuni o‘rtacha 600 mingga yaqin namozxon qatnashdi – DIQ

Jamiyat

image
0:00
0:00
download
Hayit bayrami kuni o‘zbek-qirg‘iz chegarasida mojaro yuz berdi north_east

Hayit bayrami kuni o‘zbek-qirg‘iz chegarasida mojaro yuz berdi

Ramazon oyi davomida 2046 ta masjidda belgilangan qat’iy sanitariya-gigiyena talablari asosida taroveh namozlari o‘tkazildi. Shundan 1384 tasida xatmi Qur’onlar o‘qildi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Komilov ma’lum qildi.

Respublikadagi 30 dan ziyod jome masjidda o‘tkazilgan xatmi Qur’on tadbirlari internet orqali onlayn namoyish etildi.

Taroveh namozlari o‘qilayotgan masjidlarda xavfsizlik va jamoat tartibini saqlash maqsadida, Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyaning tegishli buyruqlari asosida 7000 nafar mas’ul xodim jalb etildi.

Shuningdek, favqulodda vaziyatlarni oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash uchun 1965 nafar hududiy favqulodda vaziyatlar bo‘linmalari xodimlari va 91 ta yong‘in-qutqaruv avto-ekipajlarning navbatchiligi tashkil etildi.

O‘tkazilgan taroveh namozlarida har kuni o‘rtacha 600 mingga yaqin namozxon qatnashdi.


Maqola muallifi

Teglar

taroveh

Baholaganlar

42

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing