Diniy idora Ramazonning oxirgi jumasiga oid mish-mishlarni rad etdi
Jamiyat
−
28 aprel 2021
24444Ijtimoiy tarmoqlarda "Ramazonning oxirgi jumasida o‘qiladigan maxsus namoz" haqida turli mish-mishlar tarqalmoqda.
Ushbu xabarlarga O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati munosabat bildirdi:
“Aslida, bu borada Rasululloh sallallohu alayhi vasallamdan naql qilib keltirilgan rivoyat to‘qima bo‘lib, uni tarqatish, rivoyat qilish yoki unga amal qilish mutlaqo joiz emas. Faqatgina uni to‘qima ekanidan ogohlantirish maqsadida naql qilish mumkin”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, ushbu asossiz rivoyat haqida kelib tushgan savollarga O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati tomonidan avval ham batafsil javob berilgan.
“Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga nisbatan hadis to‘qish yoki yolg‘on rivoyatligini bilib turib, uni tarqatish gunohi kabira sanaladi. Turli asossiz ma’lumotlarni tarqatishdan saqlanaylik!”, deyiladi rasmiy munosabatda.
LiveBarchasi