Bugundan respublika masjidlarida taroveh namozi o‘qiladi
Olam
−
22 mart 2023
11535Bugun, 22 mart kuni O‘zbekistondagi masjidlarda taroveh namozini o‘qish boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi xabar berdi.
Taroveh namozi vaqti Toshkent shahri masjidlarida soat 20:45 dan boshlanadi.
Hududlarda namoz vaqtlaridagi farqlanishdan kelib chiqib, masjidlarda taroveh namozini ushbu vaqtga nisbatan belgilash tavsiya etilgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 21 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorini imzoladi. Unga ko‘ra, 2023 yilgi muborak Ramazon oyining boshlanishi 23 mart kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilingan.
LiveBarchasi