Toshkentda taroveh munosabati bilan yopiladigan ko‘chalar ma’lum qilindi (ro‘yxat)

Jamiyat

image

Ramazon oyi kechalaridagi taroveh namozi munosabati bilan har kuni soat 19:00 dan 24:00 ga qadar masjidlar yaqinidagi yo‘llar transport vositalari harakati uchun berkitiladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Mirzo Ulug‘bek tumani:

  • Tepa masjidi Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan Olimlar ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.

Bektemir tumani bo‘yicha:

  • Alibek masjidi M.Avezov ko‘chasidan H.Boyqaro ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.

Yashnobod tumani bo‘yicha:

  • Islom ota masjidi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi ikkinchi darajali yo‘ldan Zarkent va Obishir ko‘chalarigacha;
  • Ali ibn Abu Tolib masjidi Cho‘lpon ko‘chasidan Salohiyat ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi;

Mirobod tumani bo‘yicha:

  • Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja masjidi Yangi-Quyliq-Fayziobod ko‘chalari kesishgan chorrahadan Fayziobod 5-tor ko‘chasigacha;
  • Qo‘yliq ota masjidi TXAY-Quyliq ota ko‘chalari kesishgan chorrahadan Yangi Qo‘yliq tor ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.

Sergeli tumani bo‘yicha: 

  • Ma’ruf ota masjidi Choshtepa ko‘chasidan Choshtepa 1-tor ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi (Temir panjara - 20);
  • No‘g‘ayqo‘rg‘on masjidi Yangi Sergeli–Nug‘ayqo‘rg‘on KXAY-Sag‘bon chorrahasidan Nurafshon-Sag‘bon chorrahasigacha harakat cheklanadi.

Yakkasaroy tumani:

  • Usmon bin Ma’zum masjidi KXAY-Fayzli Toshkent chorrahasidan KXAY-Qushbegi chorrahasigacha;
  • Yakkasaroy masjidi Sh.Rustaveli-Yakkasaroy chorrahasidan Yakkasaroy-Bog‘u-bo‘ston chorrahasigacha;
  • Rakat masjidi J.Shoshiy ko‘chasidan Askiya ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.

Yangihayot tumani:

  • Niyozmat ota masjidi TXAY-Binokor chorrahasidan Pastdarxon mahallasiga kirishga qadar harakat cheklanadi.

Shayxontohur tumani bo‘yicha:

  • Shayx Zayniddin (Ko‘kcha) masjidi Ko‘kcha Darvoza-Nurafshon chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza Beshqayrag‘och chorrahasigacha;
  • Komolon masjidi Bunyodkor-Komolon chorrahasidan Kamolon-Ustazoda 2-tor chorrahasigacha harakat cheklanadi.

Olmazor tumani bo‘yicha:

  • Hazrati Imom masjidi Nurafshon-Qorasaroy chorrahasidan Qorasaroy-Abdulla Qodiriy chorrahasigacha;
  • Islomobod masjidi KXAY-Sag‘bon chorrahasidan Nurafshon-Sag‘bon chorrahasigacha;
  • Do‘stjonboy (Sulola) masjidi Sag‘bon-Sag‘bon 12-tor chorrahasidan Keles yo‘li-Noraztepa chorrahasiga harakat cheklanadi.

Yunusobod tumani bo‘yicha:

  • Mirza Yusuf masjidi Bog‘ishamol ko‘chasida Shivili ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.

Uchtepa tumani bo‘yicha:

  • Abdulloh ibn Mas’ud (Katta Qani) masjidi Katta Qani aylanmasidan Lutfiy-Katta Xirmontepa ko‘chasi chorrahasigacha;
  • Xazrati Ali masjidi Nazarbek-Mahorat chorrahasidan Nazarbek-Zamaxshariy 1-tor ko‘chasigacha harakat cheklanadi.

Chilonzor tumani bo‘yicha:

  • Novza masjidi Bunyodkor-Muqimiy ko‘prigi tagidan Oliy Majlis qarshisigacha;
  • Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidi Al-Xorazmiy-Gavhar chorrahasidan So‘galli ota ko‘chasigacha;
  • Ubay ibn Ka’f (Bo‘rijar) masjidi Al-Xorazmiy ko‘chasidan Katta Xirmontepa ko‘chasigacha harakat cheklanadi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 22 mart kuni O‘zbekistondagi masjidlarda taroveh namozini o‘qish boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi xabar bergan. Taroveh namozi vaqti Toshkent shahri masjidlarida soat 20:45 dan boshlanadi.

Javohir Qadamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

taroveh yopiladigan ko'chalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing