Tarixiy ob’ektlarga e’tiborsiz bo‘lgan mansabdorlar ustidan jinoyat ishi ochildi

Jamiyat

image

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida joylashgan arxelogik yodgorliklarga bepisand bo‘lib, ularga katta miqdorda zarar keltirgan amaldorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Keltirilishicha, Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani “Hosildor” mahallasida joylashgan “Shohruxiya shahristoni” arxeologiya yodgorligining 16 gektar yer maydoni qonunchilik talablariga zid ravishda xususiy korxonaga uzoq muddatga ijaraga berib yuborilgan. Oqibatda ushbu yodgorlik hududida o‘zboshimchalik bilan qazilma ishlari olib borilib, tarixiy ob’ektga juda ko‘p miqdorda 315 million so‘m zarar yetkazilgan.

Shuningdek, Oqqo‘rg‘on tumanida qurilish hamda kadastr bo‘limi mansabdor shaxslari “Hamid Olimjon” mahallasida joylashgan “Qiyritepa” arxeologiya yodgorligining 0,4 gektar yer maydonida noqonuniy ravishda suv inshoatining qurilishiga yo‘l qo‘yishi oqibatida tarixiy ob’ektga juda ko‘p miqdorda 180 million so‘m zarar yetkazilgan.

Tekshirish natijasiga ko‘ra, tegishli mansabdor shaxslar va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotgani aytilgan.


Maqola muallifi

Teglar

mansabdorlar Tarixiy ob'ektlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing