Farg‘onada mansabdorlar qo‘shib yozish ortidan 12,9 mlrd so‘mlik ortiqcha subsidiya undirdi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatida soxta ma’lumotlar bilan byudjetdan qariyb 12,9 milliard so‘mlik subsidiya ajratilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Farg‘ona viloyati “Issiqlik ta’minoti” MCHJ mansabdor shaxslari 2024-2025 yillar hamda 2026 yilning yanvar-may oylarida haqiqatda aholiga 85,7 ming Gkal issiqlik energiyasi yetkazib berilgan bo‘lsa-da, viloyat iqtisodiyot va moliya boshqarmasiga taqdim etilgan hujjatlarga go‘yoki 212,3 ming Gkal issiqlik energiyasi yetkazib berilganligi haqida soxta ma’lumotlar kiritgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, bir guruh uyushgan mansabdorlar bu harakati orqali byudjetdan 12,9 mlrd so‘m ortiqcha subsidiya mablag‘lari ajratilishiga erishib, davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga sabab bo‘lgan.

Departamentga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Hududgazta’minot” va “Texnopark” mas’ullari kelishib, byudjetdan qariyb 20 mlrd so‘m o‘margani xabar qilingandi.
 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing