Sirdaryoda obodonlashtirish mansabdorlari 1 mlrd so‘mni “jig‘ildoniga urdi”
3-sahifa
−
09:45 777 1 daqiqa
Sirdaryo viloyatida Guliston shahar obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul shaxslari amalda ishlamagan fuqarolarga 1 mlrd so‘m ish haqi hisoblab, ushbu mablag‘larni o‘zlashtirgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Guliston shahar obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul shaxslari fuqarolarni ishchi sifatida rasmiylashtirib, amalda ishlamagan ushbu fuqarolarga 1 mlrd so‘m ish haqi hisoblagani ma’lum bo‘lgan.
Hisoblangan mablag‘lar esa boshqarma mas’ullari tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun sarflanib, byudjet mablag‘lari o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilingani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Amudaryotumangaz” mas’ul shaxslari 220,3 mln so‘mlik suyultirilgan gazni talon-toroj qilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi