Tarbiyalanuvchilari miting uyushtirgan Mehribonlik uyi yopildi
Jamiyat
−
23 avgust 2022
21167Toshkentdagi 21-sonli Mehribonlik uyi faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda “Mehribonlik” saytida ma’lum qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur Mehribonlik uyida 5 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 122 nafar bola tarbiyalangan. Bugungi kunda 67 nafar tarbiyalanuvchi Oilaviy sharoitda voyaga yetyapti, ularning 12 nafari bugun poytaxtda barpo etilgan 5ta Oilaviy bolalar uyida ulg‘aymoqda. 6 nafar bola ota-onasi yoki yaqin qarindoshlariga qaytarilgan.
Shuningdek, 50 dan ortiq o‘g‘il-qizlar vasiylikka olingan. Bolalar 18 yoshga to‘lib, voyaga yetgach muassasani tark etgan. Natijada 21-sonli Mehribonlik uyida atigi 27 nafar tarbiyalanuvchi qolgan. Shu bois, barcha bolajonlar poytaxtda joylashgan 22-sonli Mehribonik uyiga o‘tkazilgan.
21-sonli Mehribonlik uyi esa o‘z faoliyatini to‘xtatgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21 aprel kuni mazkur Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari muassasa hovlisida miting uyushtirgandi. Keyinroq Yunusobod tumani prokurori rahbarligida tuzilgan ishchi guruhi tomonidan 21-son Mehribonlik uyining faoliyati tekshirilib, muassasa mansabdor va moddiy javobgar shaxslarining noqonuniy hatti-harakatlari oqibatida o‘zganing ko‘p miqdordagi mablag‘lari o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilingani aniqlangandi.
2021 yilning 28 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-soni Mehribonlik uyiga borib, u yerdagi shart-sharoitlar bilan tanishgandi.
LiveBarchasi