Toshkentdagi Mehribonlik uyida tarbiyalanuvchilar o‘tkazgan miting uyushtirilgani aytildi
Jamiyat
−
14 may 2022
21990Toshkentning Yunusobod tumanidagi 21-sonli Mehribonlik uyi bolalarining norozilik uyushtirishi bilan bog‘liq holat uyushtirilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qayd etilishicha, muassasa sobiq rahbariyati va ayrim xodimlar o‘rtasidagi kelishmovchilik bolalardan foydalanishgacha borgan. Ushbu holatni Bola huquqlari bo‘yicha vakil Aliya Yunusova Mehribonlik uyi rahbariyati tomonidan mavjud ichki muammolardan boshqalarni chalg‘itish maqsadida uyushtirilgan “ssenariy” sifatida baholagan.
“Sir emas, bu muassasada bolalarning huquq va erkinliklari, manfaatlarining buzilishi, bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari uchradi. Shundan e’tiborni chalg‘itish maqsadida tashkil etilgan “rejali tadbir”da bolalardan foydalanilgani juda achinarli”, degan Aliya Yunusova.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21 aprel kuni 21-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari muassasa hovlisiga chiqib, norozilik namoyishi uyushtirgani haqida xabar va video tarqalgandi.
Qisqa vaqtdan keyin 21-sonli Mehribonlik uyi direktori lavozimida ishlab kelgan Umida Ilhomovna Mamanova boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan o‘z vazifasidan ozod etildi. Uning o‘rniga Yaxshigul Nasimovna Shodiyeva Mehribonlik uyiga direktor etib tayinlandi. Yaxshigul Shodiyeva bungacha poytaxtning Olmazor tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri vazifasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
LiveBarchasi