O‘zbekistondagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari futbol bo‘yicha JCHda sovrindor bo‘ldi
Sport
−
14 avgust 2023
3492Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan futbol bo‘yicha VIII Jahon chempionatida O‘zbekiston vakillari kumush medal sohibiga aylandi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 11-14 avgust kunlari “Hope for Mundial Association” tomonidan tashkil etilgan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida futbol bo‘yicha VIII jahon chempionati bo‘lib o‘tgan. Polshaning Varshava shahri mezbonligida o‘tgan mazkur musobaqada 21 ta davlat jamoalari ishtirok etgan.
O‘zbekiston sharafini himoya qilgan A.P.Xlebushkina nomidagi 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari faxrli II o‘rinni qo‘lga kiritib, kumush medal sohibiga aylangan.
LiveBarchasi