Tanzila Norboyeva O‘zbekiston tarixida qolishi mumkin

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva lavozimidan ozod qilingani, uning o‘rnini Elmira Bositxonova egallagani haqida xabar bergan edik.

QALAMPIR.UZ manbasi bergan ma’lumotga ko‘ra, endilikda Tanzila Norboyeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan senator etib tayinlanishi kutilmoqda. Agar shunday bo‘lsa, u Prezident tavsiyasi bilan bugun Bosh prokuror etib tayinlangan Nig‘matilla Yo‘ldoshev o‘rnini egallashi mumkin bo‘ladi. Senatning navbatdagi 20-yalpi majlisi ertaga, 21 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Tanzila Norboyeva Nig‘matilla Yo‘ldoshevning o‘rnini egallasa O‘zbekiston tarixiga Senat raisi bo‘lgan ilk ayol sifatida kirishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Nig‘matilla Yo‘ldoshev lavozimidan ozod qilingan Otabek Murodov o‘rniga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori etib tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tanzila Norboeva

Baholaganlar

284

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing