Elmira Bositxonova yana Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi bo‘ldi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva lavozimidan ozod qilingani haqida xabar bergan edik.

Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi etib avval shu lavozimda ishlagan Elmira Bositxonova tasdiqlandi.

"Yuksalish" harakatining telegramdagi kanalida xabar qilinishicha, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida deputatlar bosh vazir tomonidan kiritilgan Bosh vazir o‘rinbosari nomzodini tasdiqlashdi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Bositxonova Elmira Irkinovnani Bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga ma’qullash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Elmira Bositxonova 1958 yilda tug‘ilgan, 1981 yilda Toshkent davlat tibbiyot institutining "davolash ishi" yo‘nalishini tamomlagan. 1981-2011 yillarda shifokor-intern, anesteziolog-reanimatolog, bo‘lim boshlig‘i, Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi bosh shifokori.

Elmira Bositxonova 2016 yil 12 dekabrdan bugungacha sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yurtib kelayotgandi. Bositxonova 2011-2016 yillarda ham Xotin-qizlar qo‘mitasiga rahbarlik qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Elmira Bositxonova

Baholaganlar

386

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing