O‘zbekistonning yangi Bosh prokurori haqida nimalar bilamiz?

Bu qiziq

image

Xabaringiz bor, 2018 yil 31 yanvardan bugungacha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Otabek Murodov lavozimidan ozod etilib, uning o‘rniga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi bo‘lib ishlab kelayotgan Nig‘matilla Yo‘ldoshev tayinlandi.

Ho‘sh, Nig‘matilla Yo‘ldoshev kim, u haqda nimalar ma’lum? Ommaviy axborot vositalarida Yo‘ldoshevga nisbatan iliq fikrlar shakllangan. U Senat raisi sifatidagi faoliyatini 2015 yil 22 yanvarda boshlagan. Uning raisligi vaqtida Senat faoliyatini yoritishda OAVning o‘rni o‘sdi.

Nig‘matilla Yo‘ldoshev dolzarb masalalarni ko‘tarish va ularga tanqidiy fikr bildirishda ko‘plab rahbarlarga namuna bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘zbek tilining mamlakatdagi ahvoli, korrupsiyaning ko‘lami borasida bildirgan fikrlari shular jumlasidan.

Shu o‘rinda Nig‘matilla Yo‘ldoshevning bugungacha bosib o‘tgan yo‘liga nazar tashlasak.

Nig‘matilla To‘lqinovich Yo‘ldoshev 1962 yil 5 noyabr kuni Toshkentda tug‘ilgan.

Toshkent davlat universitetining yurisprudensiya fakultetini tamomlagan.

1987-1991 yillarda – Olmaliq prokuraturasi katta tergovchisi;

1991-1993 yillarda – Toshkent shahar Yunusobod tumani tergovichisi;

1993-1994 yillarda – Toshkent shahar prokuraturasi katta tergovchisi;

1994-1999 yillarda – O‘zbekiston Bosh prokuraturasida boshqarma boshlig‘i;

1999-2000 yillarda – Bosh prokuratura Tergov bosh boshqarmasi boshlig‘i;

2000-2003 yillarda – Bosh prokuratura Ichki xavfsizlikni ta’minlash inspeksiyasi boshlig‘i;

2003-2006 yillarda – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat maslahatchisi xizmatining prokuratura idoralari faoliyati masalalari bo‘yicha yetakchi inspektori;

2006-2008 yillarda – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i;

2008-2011 yillarda – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari;

2011-2015 yillarda – O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri;

2015 yil 22 yanvardan 2019 yil 20 iyungacha Senat a’zosi, Senat raisi;

Ma’lumot uchun, 2016 yil 2 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning vafotidan keyin Konstitutsiyaga ko‘ra, Oliy Majlis palatalarining qarori bilan O‘zbekiston Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. 8 sentyabr kuni Prezident vakolatlarini bajarish mas’uliyatini vaqtinchalik Bosh vazir Shavkat Mirziyoyevga topshirishini e’lon qildi.

2019 yil 20 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan Bosh prokuror etib tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Nig'matilla Yo'ldoshev

Baholaganlar

1300

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing