Tanzila Norboyeva Oliy Majlis Senati raisi bo‘ldi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva lavozimidan ozod qilingani haqida xabar bergan edik. Bugun, 21 iyun kuni Tanzila Norboyeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi etib tayinlandi. Bu haqda Oliy Majlis Senatining bugun, 21 iyun kuni bo‘lib o‘tayotgan yigirmanchi yalpi majlisida qatnashayotgan QALAMPIR.UZ muxbiri xabar bermoqda. 

Tanzila Norboyeva 2016 yildan joriy yilning 20 iyuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat yuritdi. 

Uning o‘rnini Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi sifatida Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Elmira Bositxonova egalladi


Maqola muallifi

Teglar

Tanzila Norboeva Oliy Majlis Senati

Baholaganlar

407

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing