Tanzaniyada besh kishi noma’lum infeksiyadan vafot etdi

Olam

image

Tanzaniya shimoli-g‘arbiy qismida noma’lum yuqumli kasallik aniqlandi. Ushbu kasallik oqibatida besh kishi vafot etdi, yana yetti kishida kasallik alomatlari kuzatildi. Bu haqda “Arab News” respublika Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kasallik belgilari orasida isitma, qusish, qon ketish va buyrak yetishmovchiligi bor. Kasallik Uganda bilan chegaradosh shimoli-g‘arbiy Kagera mintaqasida aniqlangan.

“Voqea joyiga yuqumli kasalliklarga qarshi tezkor guruh yuborildi. Kasallik manbai va turini aniqlash uchun bemorlar va marhumdan namunalar olindi”, deydi Tanzaniya Sog‘liqni saqlash vaziri Tumaini Nagu.

Britaniyaning “Daily Mail” nashri xabariga ko‘ra, o‘tgan yilning iyul oyida Tanzaniya janubidagi Lindi hududida xuddi shunday alomatlar bilan uch kishi vafot etgan. Keyinchalik tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, odamlar leptospira jinsi bakteriyalari keltirib chiqaradigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lgan leptospiroz bilan kasallangan. Kasallik ham isitma, jigar, buyraklar va kapillyarlarning shikastlanishi bilan kechgan. 

Ma’lumot uchun, Tanzaniya – Sharqiy Afrikadagi davlat. U shimolda Keniya va Uganda, g‘arbda Ruanda, Burundi va Kongo Demokratik Respublikasi, janubda Zambiya, Malavi va Mozambik bilan chegaradosh.

Mamlakat aholisi qariyb 60 million kishini tashkil etadi, ularning aksariyati qashshoqlik chegarasidan pastda yashaydi.

Tanzaniyada yuqumli kasalliklarning tarqalishi muntazam ravishda sodir bo‘ladi. 2019 yil sentyabr oyida BMT Tanzaniyani Ebola holatlari haqidagi ma’lumotlarni yashirganlikda ayblagan.


Maqola muallifi

Teglar

Sog'liqni saqlash vazirligi Tanzaniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing