Avtobus va yuk mashinasi yuzma-yuz to‘qnashdi. 35 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
21:18 3831 1 daqiqa
Tanzaniyada shaharlararo qatnovchi avtobus va yog‘och ortilgan yuk mashinasining yuzma-yuz to‘qnashib ketishi oqibatida kamida 35 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda qutqaruv xizmatlariga tayanib, “The Tanzania Times” gazetasi xabar berdi.
Hodisa mamlakat janubi-g‘arbidagi Morogoro viloyatida yuz bergan. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi kecha, 8 oktyabr sodir bo‘lgan: yuk mashinasi haydovchisi quvib o‘tish manyovrini amalga oshirishga uringan, ammo masofani to‘g‘ri hisoblay olmagan va u qarshi yo‘nalishda kelayotgan avtobusga borib urilgan.
To‘qnashuvdan so‘ng ikkala transport vositasi ham yonib ketgan va butunlay kulga aylangan. Voqea joyida – Mkambarani aholi punkti yaqinida tergovchilar ish olib bormoqda. Jabrlanganlar soni va fojianing boshqa tafsilotlari haqida qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Keniyada Mombasa shahriga olib boruvchi avtomobil yo‘lida bir nechta transport vositasi to‘qnashishi oqibatida 17 kishi halok bo‘lgandi.
Live
Barchasi