Tanzaniyada 15 kishi noma’lum virusdan halok bo‘ldi

Olam

image

Tanzaniyada noma’lum infeksiyani yuqtirgan 15 kishi vafot etdi va 50 dan ortiq odam shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda “Anadolu” agentligi mamlakat Sog‘liqni saqlash rasmiylariga tayanib xabar berdi.

Virus yuqtirganlar ko‘ngil aynishi va qon qusishdan aziyat chekyapti.

“Ushbu kasallik hali keng tarqalmagan, epidemiya faqat bitta ma’muriy hududda sodir bo‘lgan. U yerda odamlar qon qusishgan va shifoxonaga kechiksalar vafot etishgan”, deya ma’lmot bergan Mbeya viloyati Chunya okrugi bosh shifokori Felista Kisandu.

Shifokorning qo‘shimcha qilishicha, dastlabki klinik tekshiruv shuni ko‘rsatdiki, bemorlar, asosan erkaklar hamda ular oshqozon yarasi va jigar kasalliklariga chalingan.

Agentlikning ma’lum qilishicha, Tanzaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi hududga mutaxassislar guruhini yuborgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tanzaniya

Baholaganlar

141

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing